Braziliya eng boy tabiatga ega mamlakat deb tan olindi. Bu haqda Travel and Tourism Competitiveness Report tadqiqotlarida ma’lum qilindi, deyiladi Jahon iqtisodiy forumi saytida.
Reytingni tuzishda tashkilotning 13 nafar mutaxassisi dunyoning 136 mamlakatini hayvon va o‘simliklar turlari, qo‘riqxona va ekologiya hududlari, shuningdek YuNESKO Butunjahon merosi obyektlari soni bo‘yicha taqqosladi.
Reytingning ikkinchi o‘rnidan Meksika, uchinchi o‘rnidan esa Kosta-Rika joy oldi. Shuningdek, ro‘yxat o‘nligidan Peru, Xitoy, Avstraliya, Tailand, Tanzaniya, Ispaniya va AQSh joy oldi.
Rossiya reyting 39-o‘rnini egalladi. Tojikiston 80-o‘rin, Qozog‘iston 92-o‘rin, Ukraina 115-o‘rindan joy oldi. Ro‘yxatning oxirgi uchta o‘rni Bosniya va Gersegovina, Bahrayn va Moldovaga nasib qildi.
Izoh (0)