Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatda 9-may bayrami qolishi, ammo u Moskva ssenariysi bo‘yicha nishonlanmasligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, ukrainaliklar natsizm ustidan qozonilgan g‘alabaning to‘laqonli ishtirokchilaridir.
“U yillar haqidagi achchiq xotiralar bizni tark etmaydi, avloddan avlodga avaylab yetkaziladi. Bu bayram bor va bo‘ladi, lekin biz ortiq uni Moskva ssenariysi bo‘yicha nishonlamaymiz”, — dedi Poroshenko.
Shuningdek, Ukraina prezidenti Ikkinchi jahon urushi butun sayyora miqyosida bo‘lganini, Sovet Ittifoqining barcha xalqlari birga jang qilganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)