Turkiyaning Eron bilan chegarasida devor qad ko‘tarishi mumkin. Bu haqda, Hurriyet Daily News nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, chegarada baland devorning qurilishi mamlakat hududida taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi chora-tadbirlar doirasida amalga oshirilishi mumkin.
“KIP Eronning Turkiyaga yondosh hududlarida lagerlariga ega. Bu lagerlarda KIPning 800–1000 terrorchisi bor. Ular Turkiyaga kirib keladi, hujumlar uyushtiradi va qaytib ketadi”, — ma’lum qildi tafsilotlardan boxabar bir amaldor.
70 kilometr uzunlikdagi devor Ag‘ri va Ig‘dir viloyatlari bo‘ylab o‘tadi. Shuningdek, Tunjali va Elazig‘ viloyatlarida 24 soatlik kuzatuv o‘rnatiladi.
Izoh (0)