Latviya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, urush yuzaga kelsa, respublika harbiy tayyorgarlikka ega 17,5 ming nafar xodimga suyanishi mumkin. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Latviyaning mudofaa konsepsiyasiga muvofiq respublikaning Milliy qurolli kuchlari harbiy tayyorgarlikka ega 17,5 ming xodim, shu jumladan, professional xizmatda bo‘lib turgan 6,5 ming harbiy xodim, 8000 nafar xalq ko‘ngillilari va 3000 nafar zaxiradagi harbiy xodimdan iborat.
Bundan tashqari, Milliy qurolli kuchlarda ham Latviya, ham xorijda istiqomat qiluvchi 7655 nafar harbiy ham bor.
Latviya kelasi yil zaxiradagi 3000 nafar harbiyni Milliy qurolli kuchlarning ma’lum bir bo‘linmasiga biriktirish va ularni o‘qitish vazifasini belgilab oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Riga portiga Kanada qurolli kuchlarining texnikasi va anjomlari yetib kelgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)