Germaniya kansleri Angela Merkel terrorga qarshi kurashning eng yaxshi vositasi mintaqaviy o‘yinchilarni jalb qilgan holda koalitsiyalar tuzish ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Agar Suriyani va islomiy terrorga qarshi kurashni oladigan bo‘lsak, men o‘z ichiga mintaqaviy kuchlarni, xususan, Fors ko‘rfazi mamlakatlarini oluvchi koalitsiyalar tuzilishini to‘g‘ri yechim deb baholayman”, — dedi u.
Merkel NATO yolg‘iz harakat qilmasligi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
“Bunday mintaqaviy koalitsiyalarning tuzilishini, umuman olganda, terrorga eng yaxshi javob deb bilaman”, — deb so‘ziga xulosa yasadi siyosatchi.
Izoh (0)