2,1 million dollarlik LaFerrari Aperta superkari uchun talab yuqori bo‘lgani tufayli Ferrari marja foydasi bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etib, deyarli Apple’ga yetib olmoqda, deb xabar berdi Insider Pro.
Marja ko‘rsatkichi ba’zi hollardagina ikki xonali bo‘ladi, biroq 2017-yilning 1-choragida Ferrari o‘tgan yilgi 26,3 foiz ko‘rsatkichni 29,5 foizgacha ko‘tardi. Bu Apple (31,6 foiz) va hashamat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Hermes (36,5 foiz) ko‘rsatkichlariga yaqin.
Boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari esa ancha ortda qolmoqda: Fiat Chrysler’ning marja foydasi 11 foiz, General Motors’niki esa 13 foizni tashkil etadi.
V12 digatelli Ferrari avtomobillarining 1-chorakdagi sotuvi Aperta kabrioleti (340 ming dollar), GTC4Lusso (380 ming dollar) va F12tdf (380 ming dollar)ga bo‘lgan talab tufayli 50 foizga ortdi. V8 dvigatelli avtomobilga bo‘lgan talab esa 3 foizga pasaydi.