Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya fuqarosiga Lamborghini Murcielago superkaridan 13 yil davomida foydalanish qariyb 480 ming dollarga tushdi, deb yozadi “Motor”.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Saymon Jorj superkarni 2004-yilda kreditga taxminan 320 ming dollarga sotib olgan. U hech bo‘lmasa pulning ma’lum bir qismini qaytarib olish maqsadida mashinani ijara agentligiga bergan. Keyinroq undan o‘zi ochgan mashinalarni ijaraga berish firmasida ham foydalangan.

Shu bilan birga, Jorj Lamborghini’ni kundalik avtomobil sifatida ham qo‘llagan va haftasiga taxminan ming kilometrdan yo‘l bosgan. Har yili mashinaga 14 komplektdagi shinalar ham talab etilgan.

2012-yilda mijozlardan biri Murcielago’ni daraxtga urib olgan, uni qayta tiklash ishlariga to‘rt yil vaqt va 115 ming dollar talab qilingan.

Jorj hisoblab chiqishicha, u 2004-yildan buyon yoqilg‘iga 162 ming, 84 ta shina komplektiga 95 ming, servis xizmatiga 64 ming va sug‘urtaga yana 19 ming dollar sarflagan. Soliq kabi boshqa xarajatlar 25 ming dollarga tushgan. Lamborghini’dan foydalanish qiymati 13 yil davomida 480 ming dollardan oshgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi