BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Ostonada qabul qilingan Suriyadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish va mamlakatda xavfsizlik zonalarini yaratish haqidagi bitimni ma’qullaydi. Bu haqda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Ushbu kelishuv haqiqatan ham suriyaliklar hayotini yaxshilashi o‘ta muhim. Bosh kotib barcha turdagi qurollar, ayniqsa aviatsiyadan foydalanishni to‘xtatish, shuningdek, gumanitar yordamning tezkor, xavfsiz va to‘siqsiz yetkazib berilishi bo‘yicha majburiyatlarni ma’qullaydi”, — deyiladi rasmiy vakil bayonotida.
Nashr eslatishicha, 4-may kuni kafil mamlakatlar — Rossiya, Turkiya va Eron Suriyada to‘rtta xavfsizlik zonasini yaratish haqidagi memorandumni imzoladi.