IShID terrorchilik guruhi Afg‘oniston hududidan o‘z qurol-yarog‘larini sinash maqsadida foydalanadigan AQShning mahsuloti va vositasidir. Bunday ayblovni Afg‘oniston sobiq prezidenti (2002—2014-yillar) Hamid Karzay Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“IShID AQShning mahsulotidir”, — dedi u. “Chet elda shakllanganligi yaqqol bo‘lgan IShID 2015-yilda AQShning harbiy ishtiroki chog‘ida paydo bo‘ldi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Karzay.
Uning fikricha, aynan AQSh tanituvchi belgisi bo‘lmagan hamda Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi terrorchilar nazorat qiladigan hududlarga yuk tashlaydigan vertolyotlarning muntazam parvozlarini tushuntirib berishi kerak.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)