Amazon asoschisi Jeff Bezos o‘ziga tegishli internet kompaniyasining millionta aksiyasini sotib, bir milliard dollar ishladi. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Aksiyalar 2–4-may kunlari donasi 935–950 dollardan sotildi. Bezosning qo‘lida Amazon’ning yana 79,9 million aksiyasi (kompaniyaning 17 foizi) bor. 2015-yil oxiridan buyon uning aksiyalari paketi 3 million donaga kamaydi.
Ilgariroq Bezos aksiyalarini diversifikatsiya qilishini bildirgan edi. Bloomberg’ning taxminicha, aksiyalarning sotilishi shu rejaning bir qismidir.
Bundan tashqari, Bezos aprel oyida o‘zi yaratgan Blue Origin kosmik kompaniyasiga yiliga 1 milliard dollar investitsiya kiritishini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)