11-aprel kuni BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamkorligida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan energiya jihatidan samarali va kam-uglerodli qishloq uylari hamda qishloq aholi punktlarini loyihalash va qurishni amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli yangi qo‘shma loyiha imzolandi. Bu haqda BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij Bitimi 2016-yilda kuchga kirgan, Parijda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi tomonlarning 2015-yil 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan 21-doiraviy konferensiyasida ma’qullangan eng birinchi umumiy va qonunchilik jihatidan bajarilishi lozim bo‘lgan global iqlim shartnomasi hisoblanadi. O‘zbekiston, mazkur Konvensiya tomoni sifatida, Parij bitimni 2017-yilning 19-aprel kuni imzoladi.
BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamkorligida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan energiya jihatidan samarali va kam-uglerodli qishloq uylari hamda qishloq aholi punktlarini loyihalash va qurishni amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli yangi qo‘shma loyihaning ma’qullanishi va imzolanishi mamlakat tomonidan Parij Bitimining imzomlanishi bilan deyarli bir vaqtga to‘g‘ri keldi.
Global ekologik fond va BMTTD tomonidan moliyalashtirilayotgan, grant mablag‘lari hisobiga umumiy budjeti 6,3 million AQSh dollaridan iborat bo‘lgan yangi loyiha uy-joy sektorida energiya va resurslarni tejashni oshirish bo‘yicha muhim va innovatsion vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan.
Ushbu loyihaning milliy va global miqyosda issiqxona gazlarini havoga chiqarilishini qisqartirishga, hamda Parij Bitimi maqsadlariga erishishni ta’minlash yo‘lida mamlakatga yanada keng ko‘lamli moliyaviy mablag‘larni jalb qilishga hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Izoh (0)