Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel o‘rtasidagi muzokaralar yakunlariga izoh berdi, deb yozadi “Kommersant”. U “konstruktiv va yaxshi suhbat” bo‘lib o‘tganini aytdi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Merkel Donbassdagi iqtisodiy vaziyat sabablari yuzasidan Putinning fikri bilan qiziqqan. Rossiya prezidenti bu qanaqa iqtisodiy qamal ekanligi, bunga nima sabab bo‘lgani, oqibatlari qanday bo‘lishi, qamal davom etsa, Ukrainaning ahvoli qanaqa bo‘lishi haqida batafsil gapirgan.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida Suriyada xavfsizlik zonalarini yaratish va u yerga BMTning tinchlikparvar kuchlarini kiritish masalasi ko‘tarilgan. Shu bilan birga, ikkala mamlakat yetakchilari nafaqat Suriya, balki Liviya va Afg‘onistondagi vaziyatlar haqida ham gaplashib olgan.
Izoh (0)