Fransiya prezidentligiga “Respublikachilar” partiyasidan nomzod, birinchi turda mag‘lubiyatga uchragan Fransua Fiyon siyosatdan vaqtinchalik ketishga qaror qildi. Bu haqda, BFMTV’ga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Men ketyapman... Men boshqa jangchilar ichida oddiy jangchi bo‘lishim kerak”, — dedi u Parijdagi Kimyo uyida saylovchilar va partiyadoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.
Shuningdek, Fiyon Milliy majlis saylovlarida ham ishtirok etmasligini bildirdi. Qonunchilik organiga saylov iyun oyida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)