Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp va Filippin prezidenti Rodrigo Duterte telefon orqali muloqotda mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama etdi. Bu haqda Oq Uy matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda ikki yetakchi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasini xavotirgan solayotgan mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Shimoliy Koreya tahdidi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi. Ular Filippin hukumati mamlakatda narkotiklarga qarshi og‘ir kurash olib borayotganiga ham to‘xtaldi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, Trampga muloqot ma’qul kelgan va u noyabrda Filippinga Sharqiy Osiyo sammitida ishtirok etish uchun borishini kutmoqda.

Shuningdek, u Duterteni ikki mamlakat hamkorligini muhokama etish uchun Oq Uyga taklif etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?