Aerovokzal majmuasida rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan “Nukus” aeroporti 1-maydan e’tiboran xalqaro reyslarni qabul qila olmaydi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Nukus—Domodedovo—Nukus” yo‘nalishidagi reyslarni vaqtincha Urganch aeroporti qabul qilib turadi.
“Milliy aviakompaniya yetkazilgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda. Rekonstruksiya ishlari qachongacha davom etishiga aniqlik kiritilmagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)