Toshkentda start olgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida bugun — 1-may kuni besh nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qiladi. “Olamsport” nashri to‘qnashuvlar vaqti va raqiblar nomiga oydinlik kiritdi.
Rio—2016 sovrindori Murod Ahmadaliyev kunni boshlab beradi va 12:00 da turkmanistonlik bokschini sinovdan o‘tkazadi. Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘stmatov esa 18:00 da ringa chiqadi.
1-may kungi janglar
-56 kg: Murod Ahmadaliyev — Shodlimurat Maydarov (Turkmaniston) — 12:00-64 kg: Iqbol Xoldorov — Ashish (Hindiston) — 15:00-49 kg: Hasanboy Do‘smatov — Txivanka Pallexa (Shri-Lanka) — 18:00-75 kg: Isroil Madrimov — Qosim Abduamad (Falastin) — 20:30-91 kg: Sanjar Tursunov — Xeong Kyu Kim (Janubiy Koreya) — 20:45Eslatma. Osiyo chempionatining birinchi kunida Jasur Latipov raqibini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)