Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Klivlend shahri (AQSh) politsiyasi kuzatuv kameralarida qayd etilgan diqqatga sazovor videoni e’lon qildi. Unda bir ayol yetti yoshli o‘g‘lining sochini uzoq olgan sartaroshga to‘pponcha o‘qtalgani aks etgan, deb xabar beradi Tjournal.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Aytilishicha, to‘pponcha olishdan oldin ayol sartaroshlarga og‘zaki e’tiroz bildirgan.

“U qurol olib yurish huquqiga ega ekanligini, litsenziyasi borligini aytdi”, — hikoya qiladi sartarosh Merilin Medina.

Sartarosh o‘g‘lining sochini olib bo‘lgach, ayol to‘pponchani yashirib qo‘ydi va farzandi bilan salonni tark etdi. Politsiya ayolni qidiruvga berib, internet foydalanuvchilaridan bunda yordam so‘radi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Dunyo
Qozog‘istonda ikki yashar bola 11 ta magnitni yutib yubordi (foto)