Kurdlarning o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari (YPG)dagi manbasi AQSh harbiylari Turkiya–Suriya chegarasiga zirhli texnikani ko‘chirishni boshlagani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, jangovar mashinalar Qobaniy — Al-Qamishli chizig‘iga tortilmoqda. YPG vakilining aytishicha, Vashington shu tariqa Turkiya va Kurdiston armiyasi o‘rtasidagi yangi mojarolar oldini olishga harakat qilmoqda.
Mavzuga doir: Kurdiston ishchi partiyasi Turkiya sharqida 12 askarning o‘limi uchun javobgarlikni zimmasiga oldi
Turkiya qurolli kuchlari tomonidan bizga qaratilishi mumkin bo‘lgan takroriy zarbalar haqida ogohlantirish uchun qanday yo‘l tutish kerak ekanligini AQSh bilan muhokama qildik. Turkiya bizning pozitsiyalarga yana zarba bersa, Raqqani ozod qilish operatsiyasini yakunlab, barcha kuchlarni chegaraga tashlash haqida AQShni xabardor qildik. AQSh, o‘z navbatida, takroriy zarbalar bo‘lmasligiga barcha imkoniyatlarini ishga solishga va’da berdi.Qayd etish joiz, kurd otryadlari va Turkiya harbiylari o‘rtasida shiddatli janglar davom etmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!YPG vakili
Izoh (0)