Qirg‘izistonda yer ko‘chkisi oqibatida odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan 30-aprel motam kuni deb e’lon qilindi. Bu haqda, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning shu haqdagi farmoniga asoslanib, Russia Today xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, davlat organlari tomonidan jabrlanuvchilar va halok bo‘lganlarni qidirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, ularning yaqinlari va qarindoshlariga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Avvalroq Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘sh viloyatining O‘zgan tumanida yuz bergan tabiiy hodisa oqibatida 24 kishi ko‘chki ostida qolib ketganini ma’lum qilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)