Rossiya va Tojikiston havo yo‘llari ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaaloqa masalasida kelishuvga erishdi. Bu haqda, Rossiya transport vazirligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Tojikiston va Rossiya aviatsion ma’muriyati bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlar natijasida davlatlar o‘rtasidagi havo aloqasi masalasida kelishuvga erishdi, o‘zaro manfaatdor hamkorlikni davom ettiradigan bo‘ldi”, — deyiladi matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada.
Shuningdek, ikki tomon Jukovskiydan Tojikistonga parvozlar uchun ikkinchi rossiyalik aviatashuvchi belgilanishiga rozi bo‘ldi.
Izoh (0)