Germaniya aviatsiya uyushmasi (BDL) 2015-yili Alp tog‘larida Germanwings laynerining halokatga uchrashidan so‘ng joriy etilgan “kabinada ikki kishi” qoidasini bekor qildi. Uyushmaga mamlakatning eng yirik aviakompaniyalari va aeroportlari kiradi, deb xabar beradi Meduza.
Aytilishicha, bu qoidaga amal qilish uchun kabina eshigini ko‘pincha ochiq tutish talab etiladi, bu esa ichkariga jinoyatchilar va terrorchilar kirishi xavfini orttiradi.
1931-yildan buyon mingdan ortiq samolyotni olib qochishga urinishlar qayd etilgan bo‘lib, faqat to‘rt marta uchuvchining o‘zi ongli ravishda halokatni keltirib chiqargan; shu hodisalardan faqat ikkitasida uchuvchi kabinada yolg‘iz bo‘lgan.
Shu bilan birga, BDL uchuvchilarning psixologik va ruhiy tayyorgarligini yaxshilashga va’da berdi.
Qaror 1-iyundan kuchga kiradi. Bu qoidana 1-maydan e’tiboran Shveysariyaning Swiss International Air Lines aviakompaniyasi ham voz kechadi. U Germaniyaning Lufthansa kompaniyasiga tegishlidir.
Izoh (0)