Yevropa Ittifoqi kengashi 15-iyundan boshlab hamjamiyatning butun hududi bo‘ylab mobil roumingni bekor qilish imkonini beruvchi oxirgi qonun hujjatini qabul qildi. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Gap butun Yevropa bo‘ylab abonentlarga xizmat ko‘rsatgani uchun mobil operatorlar o‘rtasidagi to‘lovlar miqdorini cheklovchi me’yorlar haqida bormoqda.
“Yevropaliklar yozgi ta’tillarga yo‘l olganda (Yevropa Ittifoqi chegarasida) ilk bor hamma joyda mobil telefon va internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — deyiladi Yevrokomissiya xabarida.
15-iyundan boshlab mobil aloqa milliy operatorlari o‘z hududida chet el mobil kompaniyalari mijozlariga xizmat ko‘rsatgani uchun olinadigan to‘lov bir daqiqa suhbat uchun 0,032 yevro va bitta sms uchun 0,01 yevrodan oshmasligi lozim. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi hududida mobil trafik uchun to‘lov bosqichma-bosqich 2017-yildagi 7,7 yevrodan 2022-yilda 2,5 yevrogacha kamaytiriladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)