Toshkentlik erkak Qoraqalpog‘istonda komandirovkada bo‘lganida uning rafiqasi uydan 48 ming dollar o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda IIVdagi manbalariga tayangan holda “UzNews.uz” xabar bermoqda.
25-aprel kuni Shayxontohur tumani prokuraturasiga kelib tushgan shikoyatga muvofiq, 2015-yil 17–22-dekabr kunlari 1982-yili tug‘ilgan ayol o‘z erining mablag‘larini olib, uyni tark etgan.
Voqea yuzasidan hujjatlar IIV tergov bo‘limiga 2017-yil 25-aprelida taqdim etilgan.
Ushbu voqea yuzasidan tuman prokuraturasida jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)