O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel, chorshanba kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lini qabul qildi. Bu haqda Chavusho‘g‘lining Twitter’dagi sahifasida fotoxabarlar qoldirilgan.
“O‘zbekiston Prezidenti qabulida bo‘ldik. O‘zbekiston—Turkiya munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildik”, — deyiladi Turkiya TIV rahbari sahifasida e’lon qilingan xabarda.
Avvalroq Mavlud Chavusho‘g‘li O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)