IShID terrorchilik guruhi rahbarlari Malayziya va Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlari fuqarolari bo‘lgan jangarilar uchun javob beruvchi dala qo‘mondonlaridan biri Muhammad Vandining harakatlaridan ko‘ngli to‘lmayapti. Shu munosabat bilan unga yil yakuniga qadar Malayziya hududida bir qator yirik teraktlar sodir etish sharti qo‘yilgan. Bu haqda Star gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, 26 yoshli Vandi 2016-yilning yanvarida rafiqasi bilan Suriyaga ko‘chib o‘tgan va u yerda IShID ekstremistlari tomonidan Indoneziya tilida (Indoneziya, Malayziya, qisman Singapur va Filippinda tarqalgan) so‘zlashuvchi yangi jangarilarni yollash uchun javobgar qilib tayinlangan. Bundan tashqari, unga terrorchilik hujumlarini, birinchi navbatda Malayziyada, tashkil etish vazifasi qo‘yilgan.
Gazetaning maxsus xizmatlardagi manbasiga ko‘ra, ushbu vaqt davomida Vandi o‘tgan yilning iyunida Kuala-Lumpur chekka qismidagi tungi klubda uyushtirilgan teraktni tayyorlashdagina ishtirok etgan.
Mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotiga ko‘ra, Vandi WhatsApp mobil dasturida 100 ga yaqin guruhni yuritadi. Ularga asosan yoshlardan iborat Malayziya fuqarolari a’zo bo‘lgan. Hozirgi paytda Vandiga avval IShID tomonida kurashgan 50 dan ortiq malayziyalikning Suriyadan vataniga qaytishi oldini olish vazifasi yuklangan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)