Madridning “Real” va Kataloniyaning “Barselona” klublari o‘rtasidagi o‘yinda Mark Andre Ter Shtegen jamoasini 12 bor xavfli zarbadan qutqarib qoldi.
“Sports.ru” ma’lumotiga ko‘ra, “Barselona” darvozabonlariga 2003-yildan buyon bunday sermahsullik nasib qilmagandi. Yakunda germaniyalik posbonning harakatlari “Barselona”ga 3 ochko olib berdi.
Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni Manuel Noyer esa Chempionlar ligasining “Real”ga qarshi ilk o‘yinida 10 ta seyvni amalga oshirib, shu musobaqaning 2003-yildagi natijasini takrorlagandi.
Farqi shundaki, Noyerning seyvlari kuni “Real” zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi, Ter Shtegen esa “Barselona”ning g‘alabasiga sababchilardan bo‘ldi.
Izoh (0)