Ukrainaning ixtilof davom etayotgan Lugansk shahri yaqinida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining avtomobili fugasga uchib, portlab ketdi. “Korrespondent.net”ning ma’lum qilishicha, qurbonlar bor.
Voqea Prishib qishlog‘i yaqinida ro‘y berdi. Noma’lum shaxslar tomonidan o‘rnatilgan fugasga duch kelgan mashina havoga uchdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, YeXHT kuzatuvchilari orasida qurbonlar va yaradorlar bor. Ularning soni haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)