23-aprel kuni Gretsiyaning Saloniki shahrida joylashgan Turkiya konsulligiga noma’lum shaxslar guruhi hujum uyushtirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, yuzi niqob bilan bekitilgan shaxslar binoni qo‘riqlab turgan politsiyachilar tomonga ikkita Molotov kokteylini uloqtirgan. Ulardan biri yonib ketgan.
Mazkur hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan, binoga moddiy zarar ham yetmagan. Voqea bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar haqida hozircha xabar qilinmagan.
OAV tomonidan Salonikidagi Turkiya konsulligi bundan avval ham bir necha bor hujum obyektiga aylangani ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)