Suriya prezidenti Bashar Asad BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishdan mamlakat hukumati va xalqiga nisbatan bildirilgan eng iliq niyatlar bitilgan tabrik telegrammasini qabul qilib oldi. Bu haqda, SANA agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
17-aprel kuni Suriya mamlakat mustaqilligining 71 yilligini nishonladi. Shu munosabat bilan BMT Bosh kotibi Suriya prezidentini qutlab, unga maktub yo‘lladi.
“Joriy yilning boshida men insoniyat intilayotgan taraqqiyot va barqarorlik uchun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida belgilangan qadriyatlar uchun butun dunyoda tinchlikni mustahkamlashga chaqirdim”, — deyiladi telegrammada.
“Sizning mamlakatingiz BMT mustahkamlanishiga hamda tinchlik, taraqqiyot va inson huquqlarini muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlarimizni targ‘ib qilishga o‘z hissasini qo‘shadi, deb umid qilaman”, — deb qayd etdi Guterrish o‘z maktubida.
Izoh (0)