Quinnipiac tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma amerikaliklarning ko‘pchiligi amaldagi prezidentning qizi Ivanka Tramp hamda uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner Oq Uy maslahatchilari etib tayinlanishidan noroziligini ko‘rsatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Respondentlarning 53 foizi Oq Uy maslahatchiligi Ivankaga mos kelmasligini ta’kidladi. 36 foiz odamlar uning yangi lavozimini ma’qulladi.
Ivankaning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner Tramp ma’muriyatining yangi bo‘limi — Amerika innovatsiyalar boshqarmasiga rahbarlik qiladi. Uning lavozimidan respondentlarning 53 foizi norozi, 32 foizi esa qarshidir.
Izoh (0)