Aleksandr Mochinov murabbiylik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Serbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘FF xabariga ko‘ra, Osiyo chempionatining saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar Belgrad shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda. Uning doirasida Serbiya yoshlariga qarshi ikki o‘yin o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ikkinchi to‘qnashuv 20-aprel sanasiga tayin qilingan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 31-oktabr kuni qit’a chempionatining saralash bosqichini boshlaydi.
O‘rtoqlik o‘yini Belgrad, Serbiya 18-aprel, seshanba
Izoh (0)