Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat musulmonlari diniy boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv chog‘ida ayollar butunlay qora rangdagi liboslarga burkanishini taqiqlaydigan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda, prezident matbuot xizmatiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Uning fikricha, diniy “savodsizlik” tufayli Qozog‘istonda borgan sari ko‘proq qizlar an’analarga zid tarzda qora liboslar kiymoqda, yigitlar esa soqol qo‘ymoqda.
“Bu narsani qonunchilik darajasida taqiqlash masalasini ko‘rib chiqish zarur. Qozoqlar qora liboslarni motam paytida kiyadi”, — ta’kidladi prezident.
Izoh (0)