Shu yilning 12–13-iyun kunlari Shveysariyaning Syurix shahrida ushbu mamlakatning O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va faollashtirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum va kooperatsion birja o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning agrosanoat, oziq-ovqat, farmatsevtika va tekstil sohalaridagi savdo-investitsion imkoniyatlarini namoyon etish, O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun shveysariyalik hamkorlarni topishdir.
O‘zbekistonga Shveysariya investitsiyalari hamda ilg‘or texnologiyalarini tatbiq etish, iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish, O‘zbekiston mahsulotini sotish uchun yangi bozorlarni topish kompleks tadbirlardan kutilayotgan natijalar hisoblanadi.
Izoh (0)