Kecha, 17-aprel kuni “Chelsi” jamoasining uzoq yillik sardori Jon Terri joriy mavsum yakunida London klubini tark etishini ma’lum qildi.
36 yoshli futbolchi “Chelsi”ga kelganida atigi 14 yoshda edi. Uzoq yillar davomida Angliya termasini ham baravar himoya qilib kelgan Terri 22 yil o‘tib “Chelsi”dan ketishga qaror qildi, deb yozadi BBC Sport.
1998-yili “Chelsi” klubidagi debyutini o‘tkazgan tajribali himoyachi “ko‘klar” libosida jami 713 o‘yinda maydonga tushdi. Shulardan 578 tasida u maydonga sardorlik bog‘ichini taqib tushgan.
“Chelsi”da hamon o‘z kuchimni ko‘rsatishga tayyorman, ammo imkoniyatlar chegaralanganini his qilyapman. Men umrbod “ko‘k” (klubning ramziy rangi – “Daryo” izohi) bo‘lib qolaman va joriy mavsumni chempion sifatida yakunlashni istayman.Jon Terri “Chelsi” bilan to‘rt karra Angliya chempioni (2004/05, 2005/06, 2009/10, 2014/15), besh karra Angliya Kubogi (1999/2000, 2006/07, 2008/09, 2009/10, 2011/12), uch karra Angliya Liga Kubogi (2004/05, 2006/07, 2014/15), ikki karra Angliya Superkubogi (2005, 2009), bir martadan YChL (2011/12) va Yevropa Ligasi (2012/13) sohibi bo‘lgan.Jon Terri, futbolchi
“Championat.asia” nashri Jon Terrining klubdan ketishi munosabati bilan uning “Chelsi”dagi faoliyatiga nazar tashladi.
1998-yil. 17 yoshli Jon “Chelsi” o‘rinbosarlari safida.
2000-yilda esa asosiy tarkibdan o‘rin egallay boshlaydi.
2004-yilda esa “Chelsi”ga Mourinyo keladi va Terrini jamoa sardori etib tayinlaydi.
2005-yil. Terri faoliyatidagi ilk chempionlikni nishonlamoqda.
2005-yil. Mana shu suratdagi shovvozlarning uchalasi ham Angliyaning yil o‘yinchisi bo‘lish uchun nomzod bo‘ladilar. Yakunda esa Terri yutib chiqadi.
2006-yil. Chexning boshidan olgan og‘ir jarohatidan so‘ng maydonga Karlo Kudichini tushiriladi. Keyin esa Kudichini ham jarohat sabab maydondan chiqib ketadi. Shunda darvozani Jon Terri qo‘riqlaydi.
2008-yil. Moskvadagi Yevropa Chempionlar Ligasi. “MYu”ga qarshi final o‘yini, penaltilar seriyasi va Terrining xatosi...
2010-yil. Terri “Chelsi” safidagi uchinchi chempionlikni nishonlamoqda. Bu Anchelotti qo‘l ostidagi g‘alaba edi.
2011-yil. Anton Ferdinandni irqiy kamsitgan Terri o‘zining Angliyadagi obro‘sini tushirib yuboradi.
2012-yil. Terri Chempionlar Ligasi finalida o‘ynamadi. Biroq, ushbu g‘alabadan hammadan ham aynan bizning qahramonimiz ko‘proq quvondi.
2013-yil. “Chelsi”ga Rafael Benites keldi va Terri zaxira o‘rindig‘ida qolib keta boshladi.
2015-yilda jamoaga yana Joze Mourinyo qaytadi. Terri esa Angliya chempioni bo‘lish bilan birgalikda, eng yaxshi himoyachi unvonini ham qo‘lga kiritadi.
O‘tgan mavsum Terri ko‘p vaqtini zaxirada o‘tkazdi...
Bu mavsumda Antonio Konte tajribali Jon Terriga deyarli ishonmadi, natijada sardor jamoadan ketishga qaror qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)