Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi ochildi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Bu yerga jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan muhim masalalar, muammolar bo‘yicha murojaat qilmoqda.
Mazkur qabulxonaga E.Saburov rahbar etib tayinlandi.
Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Beruniy tumanidagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurishi va 524-10-00, 524-10-56 telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)