Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarov o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda agentlik vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Uning o‘rniga hozircha hech kim tayinlanmagan. “Iste’fo haqida tez orada rasman axborot beriladi”, — deya ta’kidladi agentlik vakili “Daryo”ga.
Avvalroq Janubiy Koreyada ishlashni istovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha agentlik mart oyi oxiri va aprel oyi boshida o‘tkazgan tadbir natijalari bekor qilingani haqida axborot berilgan edi.
Mavzuga doir: Migratsiya agentligi o‘tkazgan Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolarni ro‘yxatga olish natijalari bekor qilindi
Rasmiy axborotga ko‘ra, ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayoni “yanada yuqori texnik imkoniyatlar va kiberhujumlardan muhofaza etilgan holda, yangicha mukammallashtirilgan tartibda qaytadan” o‘tkaziladi.
“Ro‘yxatga olish sanasi va tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi agentlik axborotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)