“Trastbank” boshqaruvi raisi sifatida 2010-yildan buyon ishlab kelayotgan Sherzod Hojizodayev Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Sherzod Hojizodayev tarjimayi holi
1973-yilda tug‘ilgan. Millati: o‘zbek.
Ma’lumoti oliy, 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2001-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
1996—2006-yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida turli lavozimlar;
2006—2008-yillarda “Asaka” banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari;
2008—2010-yillarda O‘zbekiston Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i.
2010—2017-yillarda “Trastbank” boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)