Turkiyaning Diyorbakir viloyatida fuqarolarning ikki guruhi o‘rtasida yuzaga kelgan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Mojaro mamlakatda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish va prezidentlik boshqaruvi tizimiga o‘tish masalalari bo‘yicha tashkil etilgan umumxalq referendum vaqtida yuzaga keldi.
Otishma maktabda joylashgan ovoz berish uchastkasi yaqinida sodir bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, mojaroga ishtirokchilar siyosiy qarashlarining xilma-xilligi sabab bo‘lgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)