Rossiyaning Omsk shahrida istiqomat qiluvchilardan biri panjarali to‘siqqa tirmashayotgan maktab o‘quvchilari aks etgan videoga ishtirokchilari murakkab vazifalarni bajaradigan “Boyard forti” (“Fort Boyard”) shousi saundtrekini musiqa foni sifatida joylashtirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Shahardagi Me’morlar xiyobonida paydo bo‘lgan ulkan ko‘lmak bolalar maktabga borishiga to‘sqinlik qilgan. Ularda ikki yo‘l qolgan: yo yo‘l chekkasidan mashinalar oralab borish, yoki bo‘lmasa panjarali to‘siqqa tirmashish. O‘quvchilar ikkinchi variantni tanlagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)