Avstraliyada ikki metrli bo‘g‘ma ilonni giyohvandlikka moyillikdan davolashdi, deb xabar berdi Northern Star nashri.
Ilon metamfetamin tayyorlanadigan yashirin yerosti laboratoriyasida yashagan. Kimyoviy bug‘lanish va havoga tarqalgan narkotik modda zarralari uni giyohvandga aylantirib qo‘ygan.
Politsiya laboratoriyani fosh qilgach, ilon huquq-tartibot xizmati xodimlari qo‘liga o‘tgan. Uni Sidneydagi ulkan qamoqxona kompleksidagi hayvonlar uchun mo‘ljallangan markazga yuborishgan.
Markaz xodimi Ien Mitchellning so‘zlariga ko‘ra, ilon avvaliga o‘zini notinch, tajovuzkor va tushunarsiz tutgan. Boshqa o‘zi kabi tinch va sekin harakat qiladigan turdoshlaridan farqli o‘laroq, bu ilon o‘zi joylashtirilgan konteynerda tinmay sudralgan.
Ilonga giyohvandlikdan butunlay qutulish uchun yetti oy kerak bo‘ldi. Hozirda unga yangi xo‘jayin qidirilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)