Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Bavariya”ga qarshi (2:1) YChL chorak final ilk o‘yinida dubl qayd etib, Yevropa Chempionlar Ligasidagi gollari sonini 100 taga yetkazdi. 32 yoshli futbolchi ushbu natijani qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi, deb yozadi “Chempionat”.
Portugaliyalik futbolchi YChLda “Qirollik klubi” safida 84 ta, “MYu” tarkibida esa 16 ta gol kiritgan. Ronaldu 97 ta golni Chempionlar Ligasida, 1 ta to‘pni YChL saralashida, 2 tasini esa UEFA Superkubogida urgan. Buning uchun 32 yoshli futbolchiga 143 o‘yin kerak bo‘ldi.
Yevrokuboklarda eng ko‘p gol urish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Lionel Messi bormoqda. Argentinalik futbolchi 118 o‘yinda 97 ta gol urish uddasidan chiqqan.
Qayd etish joiz, Krishtianu Ronaldu yevrokuboklardagi ilk o‘yinini 2002/03-yilgi mavsumda, 17 yoshligida “Sporting” klubida o‘tkazgan. Biroq nufuzli turnirda gol kiritish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ldi. Portugaliyalik 2005-yilning avgustida, “MYU” tarkibida yevrokuboklardagi birinchi golini urgan. Ronaldu Vengriyaning “Debresen” klubiga qarshi (3:0) YChLga saralash o‘yinida yevrokuboklardagi ilk golini kiritgandi.
“Real”da ajoyib karyerani qurishga yordam bergan klub rahbariyati va jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. YChLda gol urishni boshlaganimda, rekordchiga aylanaman deb o‘ylamagandim.“Real” klubi prezidenti Florentino Peres portugaliyalik futbolchining tarixiy natijaga erishgani bilan shaxsan tabrikladi va unga 100 raqami tushirilgan ramziy futbolkani sovg‘a qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)