Xitoyning BMT Xavfsizlik kengashining Vashington, London va Parij tomonidan taklif etilgan rezolyutsiyasi loyihasi bo‘yicha ovoz berishda betaraf qolish qarori AQSh prezidenti Donald Trampning “ulkan g‘alabasi”dir. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Xitoy 12-aprel, chorshanba kuni Suriyaning Idlib provinsiyasidagi kimyoviy hujum uchun javobgarlikni Suriya hukumatiga yuklagan rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz berishda betaraf qolgan edi. Spayser bunda Pekin tomonidan qo‘llab-quvvatlashni sezdi.
“Pekin tomonidan qo‘llab-quvvatlanish — bu prezident va mamlakatning ulkan diplomatik g‘alabasi”, — dedi u Fox News telekompaniyasi efirida.
Izoh (0)