Tailandda buddaviylarning Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil kirib kelishi — bir haftalik Songkarn bayramining birinchi kuni — 11-aprelda yuz bergan 409 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 33 kishi halok bo‘ldi, 420 kishi tan jarohati oldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Tailand Tinchlik va tartib milliy kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2016-yilgi tantanalarning birinchi kunidagi avariyalar oqibatida yuz bergan o‘lim holatlari sonidan 36 foizga kam.
Qayd etishlaricha, 11-apreldagi YTHlarning qariyb yarmi mast haydovchilarning aybi bilan, 25 foizga yaqini esa tezlikning me’yoridan oshirilishi oqibatida yuz bergan. Songkarnning birinchi kunida YTHlarning salkam 80 foizi mototsikllar va moped haydovchilari tomonidan sodir etilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)