“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Yuventus”dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
Natijaning qanchalik haqqoniy ekani hech qanday ahamiyatga ega emas.Kataloniyaliklar ustozining fikrlariga ko‘ra, garchi “Yuventus” birinchi o‘yinida Parij klubdan kamroq gol urgan bo‘lsa-da, kambek uchun umid o‘sha safargiga qaraganda kamroq.Biz birinchi bo‘lim dahshatli darajada ilojsiz qoldik, xuddiki “PSJ”ga qarshi o‘yinning uchinchi taymida o‘ynayotgandek.
Futbolchilarning pozitsiyasi borasidagi muammolar menga tegishli. Biz “Yuventus”dek raqibga qarshi umuman boshqacha, yanada jonliroq va yaxshiroq futbol namoyish qilishimiz kerak edi.
Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi
Biz qaysi jabhalarda oqsaganimiz haqida o‘ylab olishimiz kerak. Hozir kambekdan umid qilish “PSJ” bilan birinchi o‘yindagidan ko‘ra og‘irroq.Ma’lumot uchun, “Barselona” 19-aprel kuni o‘z maydonida “Yuventus”ni qabul qiladi.Men dahshatli hislarni boshdan o‘tkazmoqdaman, buni so‘z bilan ifodalash qiyin. Biz ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik, ammo raqib ham shunday qildi. Ikkinchi bo‘limda o‘zimizga kelib olgandek ko‘rinsak-da, men hali ham birinchi bo‘limdagi dahshatni unuta olmayapman.
Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi
Izoh (0)