Meksika poytaxtida qurilayotgan avtoturargoh qulab tushishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Hodisa ishchilar navbatdagi balkani o‘rnatishga urinayotganda sodir bo‘ldi. To‘satdan bino uchun tiklangan beton plitalar qulab, ishchilar ularning ostida qoldi.
Voqea joyiga tez yordam mashinalari va o‘t o‘chiruvchilar yetib keldi.
Qutqaruvchilarga ko‘ra, jabrlanganlar soni 20 kishiga yetishi mumkin. Shuningdek, vayronalar ostida yana odamlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)