Misrda 9-aprel kuni bir necha soatlik farq bilan sodir etilgan teraktlar qurbonlari soni 44 kishiga yetdi. Bu haqda Misr sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Xususan, Tanta shahrida 27 kishi, Iskandariyada 17 kishi halok bo‘lgan.
Vazirlikning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, teraktlar oqibatida 100 dan ziyod shaxs jarohat olgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)