Rossiya Qora dengiz flotining “Admiral Grigorovich” fregati Qora dengizdan Suriya tomon yo‘l oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“‘Kalibr’ qanotli raketalari bilan qurollangan ‘Admiral Grigorovich’ fregati Bosfor bo‘g‘ozi orqali Suriyaga yo‘l oldi”, — deya xabar bermoqda turk bo‘g‘ozlari orqali harbiy kemalar o‘tishini o‘rganuvchi Bosphorus Observer sayti.
https://twitter.com/YorukIsik/status/850234184752799745
Eslatib o‘tamiz, mazkur kema o‘tgan yil noyabrida IShID va “Jibhat an-Nusra” terrorchilik tashkilotlarining Suriyaning Idlib va Xoms viloyatlaridagi marralarini o‘qqa tutishda qatnashgan edi.
7 aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining O‘rtayer dengizidagi ikki kemasi — USS Porter va USS Ross esminetslaridan Suriyaning Xoms viloyatidagi aerodrom tomon 59 ta “Tomagavk” qanoti raketalari uchirildi. Suriya rasmiylarining qayd etishicha, Shayrat aerodromi to‘liq yaroqsiz ahvolga kelgan.
Izoh (0)