AQShning Suriyaga bergan raketa zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni to‘qqiz nafarga yetdi. SANA agentligi xabariga ko‘ra, qurbonlarning to‘rt nafari bolalardir.
AQSh Suriyaning Shayrat aerodromiga zarba bergan edi; halok bo‘lganlar va jabrlanuvchilarning bari shu aerodrom yaqinidagi qishloqlarda istiqomat qiluvchilardir.
7-aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining O‘rtayer dengizidagi ikki kemasi — USS Porter va USS Ross esminetslaridan Suriyaning Xoms viloyatidagi aerodrom tomon 59 ta “Tomagavk” qanoti raketalari uchirildi.
Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya rahbariyati aynan shu aerodromdan kimyoviy quroldan foydalangan holda hujumlar tashkil etgan.
Suriya rasmiylarining qayd etishicha, Shayrat aerodromi to‘liq yaroqsiz ahvolga kelgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya bazasiga berilgan Amerika zarbalarini suveren mamlakatga nisbatan tajovuz va xalqaro huquq normalarining buzilishi deb atadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)