Tailand poytaxti Bangkok shahrida 6-aprel kuni boks bo‘yicha tashkil etilgan Qirol kubogi–2017 xalqaro turnirining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
“Sport.uz” nashrining xabar berishicha, ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan yetti bokschidan uch nafari – Jasurbek Latipov (-52 kg), Shahobiddin Zoirov (-56 kg) va Murodjon Ahmadaliyev (-60 kg) yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatib, bronza medali bilan cheklandi.
Qayd etish kerakki, Shahobiddin Zoirov Rio–2016 Olimpiya o‘yinlarida -52 kilogramm vaznda oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Murodjon Ahmadaliyev esa -56 kilogamm vazn toifasida Rio–2016 Olimpiadasining bronza medaliga ega chiqqandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)