Rossiyada davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel, chorshanba kuni rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan birga Moskvadagi muzeylardan biriga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Hozirda O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifining ikki tomonlama qismi davom etmoqda, hozir tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda, shundan keyin kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi”, — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng rasmiy tushlik rejalashtirilgan va keyin prezidentlar Moskvadagi muzeylardan biriga tashrif buyurishi ehtimoli bor.
Peskovning qo‘shimcha qilishicha, bu voqea “kechroq, kunning ikkinchi yarmida yuz berishi mumkin”.
Ma’lumot uchun, 5-aprel kuni Moskvadagi Pushkin nomidagi muzeyda Qoraqalpog‘istondagi Savitskiy muzeyi ko‘rgazmasi ochilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)